Har yili 23-iyun sanasi dunyo miqyosida Davlat xizmati kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana 2002-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan joriy etilgan bo‘lib, davlat xizmatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tirof etishga qaratilgan.
✅Davlat xizmati kuni davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xizmatchilarning fidokorona mehnatini qadrlash, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ochiqlik, mas’uliyat va samaradorlik tamoyillarini targ‘ib etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ushbu sana yoshlarni davlat xizmatiga qiziqtirish, professional va halol davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
⚫️Bugungi kunda davlat xizmati fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, jamiyat farovonligini yuksaltirish hamda mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim institut sifatida e’tirof etilmoqda.