Yurtimizning bosh minbarlaridan biri hisoblangan nufuzli “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalarining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh soha fidoyilari qatorida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Qudratova Hafiza G‘ofurovna ham “35 yil xalq bilan hamnafas” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar!
🎉 Qutlug‘ mukofotni topshirish marosimi viloyat axborot-kutubxona markazida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Hafiza G‘ofurovna ko‘p yillardan buyon viloyatimizda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni ma’rifatli va bilimli qilib tarbiyalash yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi rahbarlardan biridir.
“35 YIL XALQ BILAN HAMNAFAS”