7-aprel Xalqaro salomatlik kuni! munosabati bilan “Tib qonunlari” kitobi targ‘iboti o‘tkazildi
Joriy yilning 7-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur targ‘ibot davomida ushbu asarning tibbiyot ilmidagi o‘rni, inson salomatligini saqlashdagi ahamiyati hamda uning bugungi kundagi dolzarbligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Markaz xodimlari tomonidan kitob mazmuni keng yoritilib, undagi ilmiy qarashlar va tavsiyalar haqida tushuntirishlar olib borildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot xodimlariga hurmat tuyg‘usini oshirish hamda milliy merosimizga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga alohida urg‘u berildi.