#Oʻlkashunoslik
Shoir bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi
Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi bibliografiya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Berdibek Toshbekov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida shoir o‘z ijodi, she’riyatdagi izlanishlari hamda yangi asarlari haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuv davomida Berdibek Toshbekov o‘zining she’riy to‘plamlarini kutubxonaga esdalik sifatida taqdim etdi. Bu esa kitobxonlar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.