#Ayollarni_ezozlash_oyligi
Ayollarga hurmat – jamiyatga hurmat: Zarbdorda bayram tadbiri
Zarbdor tumani hokimligi tantanalar zalida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda tumanning ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan, jumladan ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda fidokorona mehnat qilayotgan xotin-qizlar, shuningdek mehnat faxriylari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan mehnat faxriylari xotin-qizlarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom haqida o‘z fikrlarini bildirib, ayollarning oila va jamiyatdagi o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Ular o‘z hayotiy tajribalari asosida yoshlarga ibrat bo‘ladigan samimiy tilak va tavsiyalarini ham bildirdilar.