Kutubxona fondiga kelib tushgan yangi kitoblar kitobxonlarda qiziqish uyg‘otadi. Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Tinchlik MFY da joylashgan ko'chma kutubxonamizga tumandagi 31-maktab o'quvchilari tashrif buyurdilar.O'quchilarga fondda mavjud adabiyotlardan Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar"asari tanlab olinib Bibliografiya boʻlimi tomonidan ma'lumot berildi. Unda yozuvchining o‘ziga xos tomonlari, ijodiy xususiyatlari, asarning boshqa asarlardan farqi haqida ma’lumot berildi. Markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan bunday ishlar kitobxonda axborot olish madaniyatini va bibliografik bilimni tarbiyalaydi.