#Bibliografik_obzor

📚 O‘tmishni bilgan – kelajakni bunyod etadi!

Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi bibliografiya xizmati tomonidan kitobxonlar uchun o‘lkashunoslikka oid adabiyotlar yuzasidan bibliografik obzor tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar yurtimiz va hududimiz tarixiga, milliy qadriyatlarimizga, mashhur ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan adabiyotlarning mazmun-mohiyati yoritilib, kitobxonlarga qiziqarli ma'lumotlar taqdim etildi.
Mazkur obzor kitobxonlarda ona yurt tarixiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy merosimizni asrab-avaylash hamda yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Kitob mutolaasi – ma'naviyat va tafakkur manbai!