#Bibliografik_obzor

Bibliografik obzor – axborot manbalariga yo‘l”
Joriy yilning 20-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida Bibliografiya bo‘limi tomonidan 9-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida bibliografik obzor tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga turli adabiyotlar, ularning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bibliografik ko‘rsatkichlar va ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. Tadbir qiziqarli va mazmunli ruhda o‘tkazilib, o‘quvchilarning kitob va axborot manbalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.