#Tabiat_bolalar_nigohida
Zarbdor tumanida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Tabiat bolalar nigohida” nomli rasmlar ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Mazkur tanlov 5–7 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilib, unda kichkintoylar o‘z tasavvurlari orqali tabiat go‘zalligi, atrof-muhit va ona zaminimizni ranglar orqali ifoda etdilar. Ishtirokchilarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, eng munosiblari saralab olindi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🏆 Qiz bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni 11-son DMTT tarbiyalanuvchisi,
🏆 O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa 1-o‘rinni 8-son DMTT tarbiyalanuvchisi qo‘lga kiritdi.
Mazkur tanlov bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat
qilmoqda.