“BUGUN SENI QAYSI KITOB KUTYAPTI?” LOYIHASIGA MARHAMAT!

Aziz kitobxonlar!
Har bir insonning har kuni turlicha kayfiyati, turli o‘y-xayollari bo‘ladi. Ba’zan charchaymiz, ba’zan umid izlaymiz.  Ana shunday paytlarda eng yaqin hamroh — kitob bo‘la oladi.
Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi sizlarni “Bugun seni qaysi kitob kutyapti?” loyihasida faol ishtirok etishga chorlaydi. Loyihada ishtirok etish juda oddiy: siz bugungi kayfiyatingiz yoki o‘ylayotgan holatingizni  mos ravishda kitob bilan tanishasiz.
Bu loyiha sizga:
o‘zingizga mos kitobni oson topish,
yangi asarlar bilan tanishish,
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish imkonini beradi.
Loyiha davomida faol qatnashgan kitobxonlar alohida e’tirof etiladi. Eng faol ishtirokchilar kutubxona tomonidan qimmatbaho kitoblar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
Keling, birgalikda kitob mutolaasini yanada keng yoyaylik!
Bugungi kayfiyatingizni tanlang va sizni kutayotgan kitobni kashf eting!
Sizni kutubxonamizda kutib qolamiz!