📚 “Ona tilim — mening g‘ururim” Joriy yilning 20-oktyabr kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazida Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Ona tilim — mening g‘ururim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar ona tilimizning qadri, so‘z boyligi va uning milliy g‘ururimiz ifodasi ekanligi haqida fikr almashdilar. Shuningdek, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni, uni asrab-avaylash va yoshlar orasida targ‘ib qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Davra suhbati samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari, she’r va hikmatli so‘zlar orqali tilga bo‘lgan mehrini izhor etdilar.