#Davra_suhbati

Joriy yilning 10-iyun kuni Zarbdor tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, mohir adib va dramaturg Said Ahmad tavalludining 106 yilligi munosabati bilan "So‘z san'atining zabardast namoyandasi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda kutubxona xodimlari, kitobxon yoshlar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida Said Ahmadning serqirra ijodi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xalqimiz ma'naviy hayotida tutgan o‘rni haqida atroflicha ma'lumot berildi.