Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida 📅 6–11-oktyabr kunlari “ Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy haftalik o‘tkaziladi! 💫 Haftalik doirasida: 🎤 ilhomlantiruvchi suhbatlar va davra suhbatlari; 📚 “Ayol – ezgulik manbai” nomli kitob ko‘rgazmasi; 📚 "Zakovat"intellektual o'yinlari; 🎶 ijodiy chiqishlar, audio eshittirishlar va viktorinalar tashkil etiladi. 🕊️ Tadbirning maqsadi — yosh qizlarni tinchlik, ezgulik, mehr va o‘ziga ishonch ruhida tarbiyalash, ularni ma’naviy barkamollikka chorlashdir. 📍 Manzil: Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi.