✅Joriy yilning 10–окtyabr kuni Zarbdor tumani axborot-kutubxona markazining Bibliografiya boʻlimi tomonidan "Kitoblarga yashiringan xazina" mavzusida ekskursiya tashkil etildi.Ushbu ekskursiyaga tumandagi 9- sonli maktabning 11-sinf oʻquvchilari tashrif buyurdilar. Tadbir davomida oʻquvchilar kitoblarning inson hayotidagi oʻrni, oʻqish madaniyati va bilim manbai sifatidagi ahamiyati bilan tanishdilar. Ekskursiya yosh kitobxonlarda mutolaaga boʻlgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.