NURONIYLAR — MA’NAVIYATIMIZNING OLTIN XAZINASI
Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi Karimova Gulchehra tomonidan tumandagi Nuroniylar maskanida nuroniy kitobxonlar uchun mazmunli va ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida nuroniylar kutubxona faoliyati, kitob fondi va kitobxonlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kitob mutolaasining inson ma’naviy olamidagi beqiyos o‘rni haqida samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
📖 Zero, kitob — avlodlarni birlashtiruvchi, qalblarga ziyo baxsh etuvchi bebaho xazinadir. Nuroniylarimizning kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati esa yosh avlod uchun ibrat maktabidir.