Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan ogoh etish maqsadida joriy yilning 26-iyun kuni “Giyohvandlik – umr zavoli” nomli davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, inson salomatligiga, jamiyat va oilaga yetkazadigan zararli ta’siri haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlarning savollariga javoblar berildi va ularni ogohlikka, sog‘lom hayot tarziga intilishga chaqirildi.