2025 yil 21–oktabr kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazida huquqiy tadbirlar boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni amaldagi qonunchilik bilan yaqindan tanishtirish hamda huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan ma'ruzalar va savol-javoblar tashkil etildi. Unda tegishli soha mutaxassislari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Mazkur tadbir aholining huquqiy bilimlarini mustahkamlash va ularni huquqiy davlat barpo etish jarayonlarida faol ishtirok etishga undash maqsadida tashkil etildi.