⚖️📚 HUQUQIY SAVODXONLIK — JAMIYAT TARAQQIYOTI ASOSI
Zarbdor tuman “Nuroniylar maskani”da nuroniy kitobxonlar hamda qo‘riqlash xizmati xodimlari ishtirokida “Huquqiy savodxonlik — jamiyat taraqqiyoti asosi” mavzusida huquqiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning huquq va burchlari, qonunlarga rioya qilish, huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashning ahamiyati haqida fikr almashildi.
📖 Tadbirda huquqiy mavzudagi adabiyotlar haqida ham ma’lumot berilib, kitob mutolaasi orqali huquqiy bilimlarni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
🌿 O‘z huquqini bilgan inson — o‘z burchini ham anglaydi. Qonunni bilish esa huquqiy madaniyatning muhim asosidir.
📚 Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi