Joriy yilning 7-fevral kuni Zarbdor tumani axborot-kutubxona markazida G'azal mulkining sultoni,adabiyot gulshaning bog'boni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Adolat"kitobxonlar klubi a'zolari bilan adabiy-sheriy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda kitobxonlarimizga markaz xodimlari tomonidan Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot berib o'tildi hamda kitobxonlarimiz ham adib ijodidan namunalar aytdilar.