📖 Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida jadid namoyandalarining boy ma’naviy merosi, bebaho asarlari va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmadan xalqimizning ma’rifatli kelajagi, millat ravnaqi va yurt taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadid bobolarimizning hayoti, ijodi hamda asarlari o‘rin oldi.

✨ Jadidlar merosi — millat tafakkurini uyg‘otgan, ilm-ma’rifatga chorlagan va bugungi avlod uchun ham bebaho ma’naviy xazinadir.

📚 Tarixni anglash — kelajakni anglashdir!