#Kitob_targʻiboti

Kitob — ma’naviyat manbai

Joriy yilning 6-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan hududdagi 3 ta umumta’lim maktabida kitob targʻibotiga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati hamda kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar kutubxonaga a’zo bo‘lishga chorlandi.
O‘tkazilgan targʻibot ishlari natijasida kutubxonaga a’zolar soni oshib, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi yanada kuchaydi.