📚 Kitob o‘qish haqida eng qiziqarli 5 ta fakt

1️⃣ Taniqli va mahoratli mualliflarning asarlarini o‘qigan inson asta-sekin chiroyli va ravon gapirishga o‘rganadi.

2️⃣ Madaniyat – o‘qilgan kitoblar soni bilan emas, balki o‘qilganlardan nechog‘li xulosa chiqarilganligi bilan belgilanadi.

3️⃣ Kitob o‘qiydigan insonlar ko‘pincha faqat televizor tomosha qiladiganlarni boshqaradigan darajaga yetadi.

4️⃣ Inson qancha ko‘p kitob o‘qisa, shuncha mustaqil fikrlay boshlaydi va kamroq taqlid qiladi.

5️⃣ Odamlar ikki toifaga bo‘linadi: kitob o‘qiganlar va o‘qiganlarni tinglaydigan.