Joriy yilning 23-iyun kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlik madaniyatini keng targʻib etish, aholi, ayniqsa yoshlarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida kitob targʻiboti tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasining inson maʼnaviyati va intellektual rivojlanishidagi oʻrni haqida suhbatlar tashkil etildi.
Kitob – bilim manbai, mutolaa esa maʼnaviy yuksalish sari yetaklovchi eng yaqin hamrohdir!