#Kitob_koʻrgazmasi
Nuroniylar maskanida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Joriy yilning 2 iyun kuni Nuroniylar maskanida joylashgan ko‘chma kutubxonada kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi.
Tadbirning asosiy maqsadi nuroniylar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazma davomida ishtirokchilarga yangi nashrlar hamda dolzarb mavzulardagi kitoblar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ular o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar hamda mutolaa yuzasidan fikr almashdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kitobxonlikni rivojlantirish va aholining ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Kitoblar ko`rgazmasi