Kitobxon ona – oila ma’naviyatining ko’zgusi. Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi, bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng bo’ladi, hushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qiladi. Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon ona-kitobxon millatni tarbiyalaydi"mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi .