✅ Joriy yilning 19-iyun kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan "Mahoratli kutubxonachi"oyligi doirasida Oybek MFYda “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, 4-sonli MMT tarbiyachilari, kutubxona xodimlari hamda faol kitobxon onalar ishtirok etdi. Suhbat davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni kitobga bo‘lgan mehrini oshirishda onalarning o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘zlarining kitobxonlik borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashib, farzand tarbiyasida kitobning tutgan o‘rni yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur tadbir onalar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish, ularni farzandlari uchun ibratli kitobxonlarga aylantirishga xizmat qildi.