Joriy yilning 17-oktyabr kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Nuroniy maskanida joylashgan koʻchma kutubxona xa an’anaviy tarzda oʻtkaziladigan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda faol kitobxon onalar, nuroniy ayollar ishtirok etdilar. Suhbat davomida onalar farzand tarbiyasida kitobning oʻrni, oila muhitida ma’naviyatni yuksaltirishda o‘qish madaniyatining ahamiyati haqida fikr almashdilar. Tadbir ishtirokchilari oʻz sevimli kitoblari, ularning hayotidagi ijobiy ta’siri hamda o‘qish orqali erishilgan natijalar haqida soʻzlab berdilar. Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi – onalarda kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, yosh avlodga namunaviy kitobxon onalar obrazini targʻib qilishdan iboratdir.
#kitobxon_onalar_kuni