[12.10.2026 14:29] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: [ 8 фото ]

#Tadbir

#Kitobxonlik_umrga_hamroh
#Nuroniylar_maskanida

KITOBXONLIK — UMRGA HAMROH
2026-yil 12-oktyabr kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Nuroniylar maskanida “Kitobxonlik — umrga hamroh” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, uning ma’naviy kamolot, dunyoqarashni kengaytirish hamda hayotiy tajribani boyitishdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi.
Nuroniylar bilan samimiy muloqot jarayonida kitobga bo‘lgan mehr, mutolaa madaniyati va yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Zero, kitobxonlik yosh tanlamaydi, kitob esa insonning umrbod hamrohi, bilim va ma’naviyat manbaidir.