Joriy yilning 23-iyun kuni Zarbdor axborot-kutubxona markaziga maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ekskursiyaga tashrif buyurdilar.
Ekskursiya davomida bolajonlar axborot-kutubxona markazining faoliyati, bolalar adabiyotlari fondi hamda kitobdan foydalanish qoidalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularda kitobga mehr, mutolaa madaniyati va kutubxonaga qiziqishni shakllantirish maqsadida qiziqarli suhbatlar va tanishtiruvlar tashkil etildi.
Kitobga oshno bo‘lgan bola – ma’naviy barkamol avlod poydevoridir.