2025-yil 29-avgust kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Karimova Gulchexra tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan nuroniy kitobxonlarga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatildi. Tashrif chog‘ida kitobxonlarga turli adabiyotlar tavsiya etildi, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlari inobatga olinib, kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlandi. Bu kabi xizmatlar faxriylarimizga e’tibor va hurmat ifodasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.