Milliylikni targʻib qilish — bu o'z xalqining madaniyati, an'analari, tarixiy yodgorliklari va tilini hurmat qilish hamda ularga e'tibor qaratishdir. Bu jarayon, millatning o'ziga xosligini saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish maqsadida amalga oshiriladi. Joriy yilning 18-mart kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazida 3-son Paltexnikum oʻquvchilari ishtirokida Milliylikni targʻib qilib kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona xodimlari tomonidan AKM dagi xizmatlar faoliyati, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. O'quvchilar kitob koʻrgazmasi va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.
#Milliylikni_targʻib_qilish