#Tadbir

📚 “Mutolaa – kamolot sari qadam” 

Joriy yilning 20-aprel sanasida Politexnikum o‘quvchilari ishtirokida “Mutolaa – kamolot sari qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga kitob o‘qishning ahamiyati, mutolaaning shaxs kamolotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Suhbat qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tkazilib, o‘quvchilarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqish yanada oshirildi. Tadbir yakunida Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tomonidan faol ishtirok etgan o‘quvchilarga faxriy yorliqlar taqdim etildi.