#Loyixa

"Mutolaa va Mushohada" loyihasi

Loyiha egasi: Zarbdor Axborot-kutubxona markazi AKT bo‘limi rahbari #Ozoda_Musayeva

Aziz kitobxonlar! Kitob mutolaasi inson qalbini boyitadi, tafakkurini charxlaydi.Shu maqsadda yo‘lga qo‘yilgan "Mutolaa va Mushohada" loyihasiga sizni ham taklif etamiz.
Siz ham o‘qigan asarlaringiz, ular haqidagi mushohadalaringiz, qalbingizda qoldirgan taassurotlaringizni men bilan baham ko‘rishni istaysizmi?
Unda loyihamizga qo‘shiling! O‘qigan kitoblaringiz, ta'sirli xulosalaringiz va kitobxonlik tajribangizni bizga yuboring. Men esa sizning mutolaa olamidagi fikr va mulohazalaringizni faol kitobxon sifatida ijtimoiy tarmoqlarimizda yoritib boraman.
Birgalikda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiraylik, mutolaa orqali qalblarni ma'rifat bilan nurafshon etaylik!
Kitob o‘qing, mushohada qiling va o‘z taassurotlaringizni biz bilan baham ko‘ring.

📱Rasmiy sahifamizga obuna boʻling