Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Navoiy MFY da joylashgan "Nuroniylar maskani"binosida tashkil qilingan ko'chma kutubxonada AKM xodimi Karimova Gulchehra tomonidan nuroniy kitobxonlar bilan yangi 2025-yilni Prezidentimiz yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi .Davra suhbatida bugun nafaqat O‘zbekiston, balki dunyodagi ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilinayotganligi,havo va suvning ifloslanishi, tuproq erroziyasi, cho‘llanish, qazilma yoqilg‘ilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning ko‘payishiga olib kelinayotganligi, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazilayotganligi haqida so'z bordi. Nuroniylarimiz ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.
Namunaviy ko'chma kutubxona