#Tadbir
#Navro'z_sayli
Zarbdor tumani Yangikent MFYda o‘tkazilayotgan “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlash!” shiori ostidagi Navroʻz sayli yurtdoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etmoqda.
Mazkur bayram tadbirida Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi ham faol ishtirok etib, mazmunli kitob ko‘rgazmasi bilan qatnashdi. Ko‘rgazma Navroʻz tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Bu esa Navroʻz sayliga nafaqat bayramona ruh, balki ma’naviy ozuqa ham baxsh etdi.