Joriy yilning 16-iyul kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi Hizmat bo‘limi xodimi Karimova Gulchehra tomonidan Nuroniylar maskanida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida nuroniylar kutubxona fondiga yangi kelib tushgan jurnal va davriy nashrlar bilan tanishtirildi, ularning mazmuni hamda o‘quvchilar uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, nuroniylar bilan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni yuzasidan samimiy suhbat tashkil etildi. Ko‘chma kutubxona xizmati orqali kitob va davriy nashrlarni aholiga yaqinlashtirish kutubxona faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.