Joriy yilning 17-oktyabr kuni Zarbdor Axborot- kutubxona markazi tasarrufidagi “Nuroniy” maskanida joylashgan koʻchma kutubxonada“Ona tilim – faxrim mening” mavzusida chellenj tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda nuroniylar va faol kitobxonlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar ona tilining bebaho qadri, millat ruhini ifoda etuvchi o‘lmas boylik ekanligi haqida soʻz yuritdilar. Chellenj jarayonida nuroniylar til haqidagi hikmatli soʻzlarni, she’r va ifodali chiqishlarni taqdim etdilar. Ushbu chellenjning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida milliy gʻurur, tilga hurmat va e’tiqodni yanada mustahkamlashdan iborat boʻldi.
Ona_tilim_faxrim_mening