Joriy yilning 11-iyun sanasida Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Mahoratli kutubxonachi"oyligi doirasida kutubxonaga tashrif buyurgan foydalanuvchilarga Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga vertual ko'rgazma tashkil qilindi. Kutubxonaga tashrif buyurgan foydalanuvchilarga Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari Musayeva Ozoda tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tarixi,hozirgi kundagi faoliyati haqida ma'lumot berildi hamda Milliy kutubxona haqida yanada yaqinroq tanishish maqsadida kitobxonlarga kutubxona haqidagi videorolik taqdim etildi.