Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni
Joriy yilning 18-iyun kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazi hamda Mustaqillik mahallasi raisi va Yoshlar yetakchisi hamkorligida kitobxon, II guruh nogironi Eshboʻtayeva Nafisa xonadoniga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida Nafisa opa holidan xabar olinib, unga maʼnaviy ko‘mak ko‘rsatildi hamda kitoblar taqdim etildi. Suhbat jarayonida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, maʼnaviy kamolot va bilim olishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi.
Mazkur tashrif volontyorlik madaniyatini keng targ‘ib etish, mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda saxovat va eʼtibor muhitini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Payshanba-yoshlar kuni