#Payshanba_yoshlar_kuni
#Korgazma

📚 "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi

Payshanba yoshlar kuni munosabati bilan Zarbdor tuman hokimligi majlislar zalida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi ham faol ishtirok etib, kitobxonlik madaniyatini targ'ib etishga qaratilgan kitob ko'rgazmasini tashkil qildi. Ko'rgazmadan yoshlar uchun badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop, ma'naviy-ma'rifiy hamda motivatsion asarlar o'rin oldi.

Tadbir ishtirokchilari ko'rgazma bilan yaqindan tanishib, kitoblar mazmuni va kutubxona faoliyati haqida batafsil ma'lumot oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.