RUMIY VA NAVOIY IJODIGA BAG‘ISHLANGAN IJODIY KECHA
Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi, Zarbdor tuman Yoshlar agentligi hamda tuman hokimligi hamkorligida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan buyuk mutafakkirlar — Jaloliddin Rumiy va Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan Rumiy va Navoiy ijodining betakror namunalari, hikmatli so‘zlari va g‘azallaridan namunalar o'qildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar munosib taqdirlandi. E’tiborlisi, taqdirlangan ishtirokchilarning barchasi Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari bo‘lib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi va ijodiy faolligi alohida e’tirof etildi.