#Said_Ahmad_106

Qiziqarli tasodif yoki taqdir tuhfasimi?
Bugun Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazida unutilmas va qiziqarli voqea yuz berdi. Adabiyotimizning atoqli namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad tavalludining 106 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir davomida kutubxonamizga tashrif buyurgan kitobxonlardan biri aynan 10-iyun kuni tug‘ilgan bo‘lib, uning ismi ham Said Ahmad ekanligi barchani hayratga soldi.
Bu go‘yo taqdirning o‘zi yaratgan ramziy bir uyg‘unlik edi.
Adabiyotga mehr qo‘ygan insonlar uchun bu hodisa o‘ziga xos ma'naviy ramz bo‘lib, Said Ahmad ijodining bugungi avlod qalbida ham yashayotganining yana bir ifodasi bo‘ldi. Kitobxonimizga ezgu tilaklar bildirilib, uning tug‘ilgan kuni bilan tabriklandi.
Ba'zan hayotning o‘zi eng go‘zal hikoyalarni yaratadi.