#Kitob_koʻrgazmasi
"Sport va mutolaa – barkamol avlod poydevori!"
Joriy yilning 6-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Sport va mutolaa – kelajak poydevori” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur tadbir aholining, ayniqsa yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratildi.
Ko‘rgazma doirasida sport, sog‘lom hayot tarzi hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid 30 ga yaqin kitoblar namoyish etildi. Taqdim etilgan adabiyotlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular tomonidan iliq kutib olindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mutolaaning inson hayotidagi o‘rni, ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ushbu ko‘rgazma yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri boʻldi.