SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH BO‘YICHA MAHORAT DARSI

Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan markaz xodimlari uchun “Sun’iy intellektdan samarali foydalanish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida xodimlarga sun’iy intellekt texnologiyalaridan kundalik ish jarayonida foydalanish, kerakli ma’lumotlarni izlash, matnlar bilan ishlash, turli ijodiy va axborot materiallarini tayyorlash imkoniyatlari amaliy misollar asosida tushuntirildi.

Shuningdek, sun’iy intellekt vositalaridan kutubxona faoliyatini raqamlashtirish, axborot xizmatlarini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirishda foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.