#Uslubiy_amaliy_yordam
#Ayollarni_e'zozlash_oyligi 

Bibliografiya boʻlimidan uslubiy yordam 

Joriy yilning 5-mart kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi tomonidan 1-sonli politexnikum kutubxonachisiga uslubiy yordam ko‘rsatildi. Uchrashuv davomida kutubxona ishini samarali tashkil etish, bibliografik xizmatni yo‘lga qo‘yish hamda kitob fondi bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, gazetalar bilan ishlash tartibi hamda gazetalar asosida kartoteka tuzish va yozishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Bu jarayonda kutubxonachiga bibliografik ma’lumotlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va foydalanuvchilarga qulay axborot manbalarini yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi