O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan o‘rganish ishlari doirasida Ishchi guruh a’zosi, Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi direktor o‘rinbosari Shohista Normatova Zarbdor tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan xatlov ishlari bilan yaqindan tanishdi.
📚 Tashrif davomida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondining holati, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifati hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
⏳ Shuningdek, kutubxona faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va zamonaviy kutubxona infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.