Zarbdor AKM xodimlarining viloyat markaziga tashrifi
Joriy yilning 25-mart kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi xodimlari Sh. Rashidov nomidagi Jizzax viloyati Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ular Viloyat O‘lkashunoslik bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bibliografik ishlarni tashkil etish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uslubiy yordam oldilar.
Mazkur tashrif xodimlar malakasini oshirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.