#Ekskursiya

Zarbdor Axborot-kutubxona markaziga ekskursiya

Joriy yilning 7-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markaziga 9-maktab o‘quvchilari tomonidan ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, mavjud kitob fondi hamda zamonaviy axborot xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Kutubxona xodimlari tomonidan o‘quvchilarga kitob tanlash, undan to‘g‘ri foydalanish va axborot-resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, ekskursiya jarayonida o‘quvchilar uchun qiziqarli savol-javoblar va kichik tanlovlar ham tashkil etildi.
Mazkur ekskursiya o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni mustaqil bilim olishga rag‘batlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.