#Kitobsevar_millat 
#Kitobxonlik_haftaligi
🎶 Badiiy-musiqiy kecha

📅 Joriy yilning 17-aprel kuni
📍 Zarbdor axborot-kutubxona markazida
kitobxon va ijodkor onaxonlar bilan hamkorlikda badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan she’rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi hamda ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
🌸 Kecha samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha qatnashchilarga iliq taassurotlar ulashdi.
🎁 Tadbir yakunida Zarbdor axborot-kutubxona markazi tomonidan faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
🤝 Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar kitobxonlikni targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarni asrash va avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.