Joriy yilning 6-noyabr kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida atoqli yozuvchi, davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 108 yilligiga bagʻishlab “Buyuk siymo, betakror ijodkor” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada Sharof Rashidovning hayoti va ijodiga oid bukletlar va 25- dona adabiyotlar namoyish etildi. Tadbirning maqsadi — yosh avlodni adibning boy merosi bilan yaqindan tanishtirish va u qoldirgan maʼnaviy boylikni qadrlashga chorlashdan iborat.
Kitob ko'rgazma